Tanlov davom etadi: 6 mingdan ziyod nomzod test sinoviga yo‘l oldi!
2025-08-09 14:30:00 / Yangiliklar
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi – yangidan tashkil etilayotgan va amaldagi ixtisoslashtirilgan maktablardagi o‘qituvchilar vakant o‘rinlari uchun tanlovning 2-bosqichi (test sinovi) hududlar kesimida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Test sinovlari joriy yilning 11–12-avgust kunlari PEDAGOGLAR ATTESTATSIYA jarayonlari bo‘lib o‘tadigan binolarda o‘tkaziladi.
Tanlovning 1-bosqichiga 7 853 nafar nomzod ariza topshirgan.
shundan 6 479 nafari ikkinchi bosqich (test)ga muvaffaqiyatli o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Test sinovlarini shaffofligini ta'minlash maqsadida Agentlikning mas’ul xodimlari tomonidan hududlar kesimida tashkil etilishi belgilangan.
Test jarayonlari o‘tkaziladigan binolar manzillari roʻyxati bilan quyida (https://uzedu.uz/uz/news/2014) tanishishingiz mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotlar Agentlik rasmiy kanallari orqali e’lon qilib boriladi.
Sizdek nomzodlarning tanlovimizda ishtirok etishidan xursandmiz!
