OTA-ONALAR DIQQATIGA!
2025-08-08 14:10:00 / Yangiliklar
Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2025/2026-o‘quv yilida oldidan oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, Agentlikka ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi ishlayotganini eslatib oʻtamiz.
Arizalarni joriy yilning 8-18-avgust kunlari Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.
Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini eslatib o‘tamiz.
Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
➖O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
➖arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
➖o‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
➖ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi .
ESLAB QOLING!
Ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari davlat tashkilotlarida ishlaydigan ota-onasining ish joyi bir hududdan boshqa hududga o‘zgargan taqdirda, o‘sha hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lganda o‘quvchining o‘qishini ko‘chirishga ruxsat etiladi.
Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SOʻZ saqlab qoʻyilishi zarur! Ushbu kalit soʻz yordamida arizangiz holatini tekshirib koʻrishingiz mumkin.
Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi.
Murojaat uchun: 71 207 20 17 (180)
