Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi
2025-06-30 18:15:00 / Yangiliklar

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida joriy yilning 23–29-iyun kunlari boks bo‘yicha kichik o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Unda Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi o‘quvchi-sportchilari jami 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritib umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi.


