Ijod maktablariga kirish imtihonlari boshlandi
2025-06-30 09:00:00 / Yangiliklar

Ijod maktablariga Kirish imtihonlari boshlandi.
Bugun, 30-iyundan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarida 2025/2026-oʻquv yili uchun iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish imtihonlarining 1-bosqichi boshlandi.
Agentlik tizimida 9 ta ijod maktabi mavjud:
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
Ogahiy nomidagi ijod maktabi
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi https://t.me/hxudoyberdiyeva
Ushbu ijod maktablariga 2025/2026-oʻquv yili uchun Respublikamiz boʻylab jami 4 740 ta ariza qabul qilingan.
Imtihon jarayonlari davom etmoqda.
Suratlarda Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida boʻlib oʻtayotgan imtihon jarayonlari.









