Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabul boshlandi
2025-06-04 20:25:00 / Eʼlon

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabul boshlandi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida tashkil etilgan ushbu maktabga 2025/2026 o'quv yili uchun 60 nafar o'quvchi 9-sinfga ikki bosqichli saralash imtihoni orqali qabul qilinadi.
Arizalar shu yilning 5-iyunidan 25-iyunigacha onlayn tarzda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali qabul qilinadi.
Imtihon ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi saralash bosqichda o'quvchilar matematika hamda ingliz tili fanlaridan 40 tadan test topshirig'ini bajaradi.
Ikkinchi bosqichda eng yuqori natija qayd etgan 300 nafar nomzod uchun Toshkent shahrida imtihon o'tkaziladi. Ular:
➖matematikadan 5 ta masala,
➖ingliz tilidan esa 4 ta yozma ish (esse) yozishlari talab etiladi.
Imtihonda eng yuqori natija qayd etgan 60 nafar o'quvchi maktabga qabul qilinadi. Darslar Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi binosida tashkil etiladi.
@piima_admission_chatbot
Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
