Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 2025/2026-o‘quv yilida yangi tashkil etilayotgan maktablar yuzasidan eʼlon
2025-06-03 14:25:00 / Eʼlon

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 2025/2026-o‘quv yilida yangi tashkil etilayotgan maktablar.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Buxoro, Xorazm, Fargʻona, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida filiallari tashkil etilmoqda.
Ushbu maktablarga taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-sinflar uchun oʻquvchilar belgilangan kvota doirasida oʻqishga qabul qilinadi.
Batafsil: https://portal.piima.uz/page/newschools
Hujjatlar qabuli 20-iyunga qadar onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi (https://t.me/aubbiev/3).
@piima_admission_chatbot
Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789
