IV chorak ChSB imtihonlari yakunlandi
2025-05-21 18:20:00 / Yangiliklar

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarda IV chorak ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari yakunlandi.
Choraklik summativ baholash savollari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan oʻquv dasturlarga muvofiq ishlab chiqildi.
Eʼtiborlisi, 2024/2025-oʻquv yilida ChSB imtihonlari ilk bor toʻliq onlayn shaklda oʻtkazildi.
Uch kun davom etgan ChSB imtihonlarida ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablardan jami 66 352 nafar oʻquvchi ishtirok etdi. Xususan, 5-, 6-sinf oʻquvchilari matematika, ingliz tili fanlari boʻyicha, 7-, 8-, 9-, 10-,11-sinf oʻquvchilari algebra, geometriya, fizika, biologiya, kimyo, ingliz tili fanlari boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazdi.
Shuningdek, matematika fanlari chet tilida oʻqitish amaliyoti joriy etilgan 1 ta ijod (8-sinflar) hamda 11 ta ixtisoslashtirilgan (5-, 6-sinflar) maktablarda nazorat sinovlari oʻtkazildi.
Jarayonlardan suratlar.









