Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli eʼlon qilinadi
2025-05-20 17:55:00 / Eʼlon

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI 2025/2026-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qanday hujjatlar talab etiladi?
Talabgorning:
➖ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining:
➖ aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfga;
➖ tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga qabul qilinadi.
HUDUDIY MAKTABLAR
Call-markaz: 1206
Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating!
