Prezident maktablari 2025/2026-oʻquv yili uchun qabul eʼlon qiladi
2025-05-20 09:30:00 / Eʼlon

PREZIDENT MAKTABLARI 2025/2026-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
PREZIDENT MAKTABLARI: https://t.me/piimauz/19625
Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
Talabgorning:
➖ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).
DIQQAT!
Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (aʼlo) boʻlishi lozim.
Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
➖ Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.
Call-markaz: 1206
Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating!
