Matbuot anjumani oʻtkazildi
2025-03-17 13:00:00 / Press-relizlar

Joriy yilning 17-mart kuni AOKA majlislar zalida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar” yuzasidan matbuot anjumani oʻtkazildi.
Unda Agentlik rahbariyati, masʼul xodimlar, tizimdagi tashkilotlar mutaxassislari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida taʼkidlanganidek, oʻtgan 2024-yilda Agentlik ixtisoslashtirilgan taʼlim yoʻnalishda salmoqli natijalarga erishdi. Ayni jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari muhim dasturulamal boʻldi.
Bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi, 185 ta ixtisoslashtirilgan maktab, Bahodir Jalolov nomidagi boksga va Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari, “Yangi Oʻzbekiston” universiteti, Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi, Fan olimpiadalar markazi faoliyat koʻrsatmoqda.
Oʻtgan 2024-yilda Agentlik tizimida Ko‘kdala, Pop va Oqdaryo tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari tashkil etilib, natijada iqtidorli bolalar uchun qo‘shimcha 504 ta yangi o‘quvchi o‘rin, 162 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning
3 ta – Andijon, Samarqand, Nukus shahar filiali tashkil etildi.
Agentlik tizimidagi o‘quvchi va talabalar soni 73 500 nafarga yetdi, maktablardagi 8 473 nafar o‘qituvchilarning 54 foizini oliy va birinchi toifalilar tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga (47 foiz) nisbatan 7 foizga oshdi.
Iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Agentlik huzurida Fan olimpiadalari markazi tashkil etildi.
Agentlik tomonidan Koreya ta’lim markazi, Sungkyunkwan universiteti, Cognia Inc. tashkiloti, Rossiyaning Letovo xalqaro maktabi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan “Anglashuv memorandumlar” imzolandi.
Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun 7 nomda yangi avlod darslik majmualari ishlab chiqildi.
Prezident maktablari bitiruvchilarining 80 foizi (255 nafari) SAT sertifikatiga ega bo‘lishdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 30 foizga oshdi. Bitiruvchilarning 100 foizi xalqaro til bilish sertifikatlariga (eng yuqori ball 8,5 ball) ega bo‘ldi. Kembridj Xalqaro A-level imtihonlarida bitiruvchilarning 70 foizi yuqori natijaga erishdi (2023-yilga (58 foiz) nisbatan 12 foizga oshdi).
O‘quvchilar qabuliga oid Matbuot anjumani o‘tkazildi, yo‘lga qo‘yilgan Murojaatlar markazi (sall- center, 1206) ga 25 nafar operator, arizalar bilan ishlash uchun 80 nafar tahrirchilar jalb etildi (murojaatlarga 24 soat ichida javob berildi, CRM tizimi orqali murojaatlarga javob berish sifati oshirildi, natijada Prezident Virtual qabulxonasiga masalaga oid murojaatlar sonining 60 foizga kamayishga erishildi);
my.gov.uz orqali maktablarga ariza yuborish va imtihonlar natijasini bilish tizimi ishga tushirildi.
Agentlik maktablari kirish imtihonlarida 215 211 nafar o‘quvchilar ishtirok etishdi. Prezident maktablariga hujjat topshirgan o‘quvchilar soni bir o‘ringa nisbatan 185 tani tashkil etib, o‘tgan yilga (169 ta) nisbatan 16 taga oshdi.
“Yangi O‘zbekiston” universitetiga 3000 nafar talabgorlardan 480 nafari kirish imtihonlari orqali “Muhandislik maktabi” (Kimyo va materialshunoslik muhandisligi, Mexanika muhandisligi), “Raqamli texnalogiyalar maktabi” (Dasturiy ta’minot muhandisligi, Kiber xavfsizlik, Sun’iy intellekt va robototexnika) , “Gumanitar, tabiiy va ijtimoiy fanlar maktabi” (Amaliy matematika, Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili, Pedagogika (STEM fanlar bo‘yicha), Zamonaviy fizika), “Boshqaruv maktabi” (Sanoat boshqaruvi, Sanoat boshqaruvi – innovatsiya va biznesni rivojlantirish) yo‘nalishlariga saralab olindi.
Agentlik tizimida 2 ta (Bahodir Jalolov nomidagi boksga va Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga) ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ularga 52 nafar rahbar, pedagog va trener xodimlar ikki bosqichli hamda 170 nafar iqtidorli o‘quvchilar uch bosqichli tanlov asosida saralab olindi.
Agentlik tizimidagi barcha maktablarda ta’lim jarayonlari
5 kunlik o‘qitish tizimiga o‘tkazildi.
14 ta Prezident maktablarida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining yangi tahrirdagi STEM fanlari ta’lim dasturlari amaliyotga joriy etildi.
Toshkent, Xiva, Nukus va Namangan shahridagi Prezident maktablariga CIS (Council of International Schools) Xalqaro maktablar kengashi tashkiloti tomonidan sentyabr-oktyabr oylari davomida tashrif amalga oshirildi, o‘rganish yakunlariga ko‘ra ushbu maktablar xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
Agentlik va Buyuk Britaniyaning Pearson-Edexcel xalqaro ta’lim tashkiloti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Tashkilot vakillari oktyabr oyida Toshkent, Nurafshon, Guliston va Jizzax shahridagi Prezident maktablarini imtihon markaziga aylantirish yuzasidan tashrif buyurishdi.
Shuningdek, tashkilot vakillari hamda trenerlar tomonidan STEM fanlari bo‘yicha joriy yil sentabr oyida seminar, noyabr oyida onlayn trening o‘tkazildi.
Ta’lim jarayonlarini xalqaro standartlar talablariga moslashtirish hamda baholash jarayonlarida qulaylik yaratish maqsadida Prezident maktablarida II semestrlik o‘quv dasturi joriy etildi.
9 ta ijod maktabida “San’at” fanini o‘qitish, 185 ta ixtisoslashtirilgan maktablarda shaxmat darslari, “Yosh akademiklar” klubi, akademiklar tomonidan mahorat darslari o‘tilishi yo‘lga qo‘yildi.
STEM fanlarini ingliz tilida Kembrij ta’lim dasturlari hamda darsliklari asosida 13 ta (Xo‘jayli, Zomin, Konimex, Buxoro, Muzrabod, Boysun, Shahrisabz, Kitob, Marg‘ilon tumanlar, Termiz shahar 1-son, Yangiyer va Angren shahar) ixtisoslashtirilgan maktabning 5-6-sinflarida o‘qitish joriy etildi.
Abdulla Oripov va Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quv dasturi xalqaro IB xalqaro bakalavriat tashkiloti talablariga moslashtirildi.
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 8-sinfida matematika fanini ingliz tilida Person (Pearson-Edecxel) xalqaro ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari hamda darsliklari asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Zamin Creative” loyihasi ishga tushirildi.
Bahodir Jalolov nomidagi boksga hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablar qayta tashkil etildi. Ularda O‘zbekiston tarixi va ingliz tili fanlarini chuqurlashtirilgan holda, umumlashgan tabiiy fan va sport psixologiyasini zamonaviy usullarda o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi.
100 foizi, ijod maktablarida 56 foizi muddatidan oldin xorijiy va mahalliy oliygohlarda o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.
Toshkent shahridagi Prezident maktabining 2 nafar o‘quvchisi dunyo reytingida 4-o‘rindagi Garvard universitetiga (354 ming $),
17-o‘rindagi Princton universitetiga (350 ming $) 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Bu ko‘rsatkich keyingi 5 yilda 23 pog‘onaga ko‘tarilgan.
Prezident maktablarining 31 nafar, Ijod maktablarining 9 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarning 15 nafar bitiruvchisi “El yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi sohibi bo‘lishdi.
Simpoziumlar saroyida o‘tkazilgan “Bitiruvchilar qurultoyi”da 641 nafar o‘quvchi-yoshlar, 139 nafar kuzatuvchilar (maktablar rahbar xodimlari va shoʻba mudirlari) ishtirok etishdi.
“Bitiruvchilar kengashi” faoliyatini yanada rivojlantirish uchun maxsus platforma (alumni.piima.uz) va uning mobil ilovasi (Android/IOS tizimi uchun) ishlab chiqildi. Agentlik tizimidagi barcha maktablar bitiruvchilari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
STEM fanlaridan “Fan kengashi” tashkil etilib, tarkibiga har bir fandan eng yuqori natijaga erishgan 50 nafar o‘qituvchilar jalb etildi.
80 nafar rahbar va pedagog xodimlar xorijiy davlatlarga (Saudiya Arabistoni, Xitoy, Koreya, Malayziya, Angliya, Rossiya va Ozarbayjon) malaka oshirish va stajirovkaga yuborildi, 30 nafardan ortiq o‘quvchilar turli xalqaro festivallarda ishtirok etishdi.
Agentlik maktablaridagi xorijiy til o‘qituvchilarining til bilish bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lganlar soni 1 074 nafarni tashkil etib, 95 foizga (2023 yilda 77 foiz) yetkazildi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan “Zomin seminari”ga 45 nafar ijodkor o‘quvchilarning ishtiroki ta’minlandi. “Birinchi kitobim” loyihasi asosida 9 nafar iqtidorli o‘quvchilarning kitoblari nashr etildi.
Prezident maktablarining o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida “Teamworking” va “Wellbeing”ni rivojlantirishga qaratilgan 4S loyihasi, start-ap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilarning o‘zaro bilim va tajriba almashishini yo‘lga qo‘yish maqsadida STEM+ musobaqasi tashkil etildi.
Dasturlash va robototexnika yo‘nalishida ilk marotaba tashkil etilgan “ROBO-CODING” olimpiadasiga 11 ming nafardan ortiq o‘quvchilar jalb etildi.
Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda ilk marotaba o‘tkazilgan “Incheon ta’lim festivali” tanlovida koreys tilini B1 darajasida biladigan
120 nafar o‘quvchilar ishtirok etishdi.
- gentlik maktablarida “Turon” teatr studiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi, ular o‘rtasida yilda bir marta tanlov tashkil etiladi.
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida ilk marotaba ta’lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim o‘zgarishi va qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishni nazarda tutuvchi “Ixtirochilikka qadam” tanlovi o‘tkazildi;
Ilk marotaba ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi hamda “Ijodiy olimpiada” o‘tkazildi.
Tizimdagi 8 ta maktab jamoasi “Eco-schools Uzbekistan” loyihasida yashil bayroqni qo‘lga kiritishdi.
Xalqaro nufuzli fan olimpiadalarda tizimdagi o‘quvchilar jami 61 ta (10 ta oltin, 15 ta kumush va 36 ta bronza) medalni qo‘lga kiritishdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 21 taga oshdi.
Sport maktablarining o‘quvchi-sportchilari boks va sport gimnastikasi turlari bo‘yicha 15 ta nufuzli sport musobaqalarida jami 35 ta
(7 ta oltin, 10 ta kumush, 18 ta bronza) medallar qo‘lga kiritishdi.
Agentlik tizimidagi maktablarda tashkil etilgan “Vatan tayanchi” otryadlariga jalb etilgan 4200 nafar o‘quvchilarga Mudofaa vazirligi bilan birgalikda markazlashgan holda ko‘krak nishoni va guvohnomalari topshirildi.
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog xodimlarning malaka toifa sinovlari uchun 47 mingdan ortiq savollar bazasi 7 ta tilda shakllantirilib, ekspertizadan o‘tkazildi.
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi bilan Kembrij, Oxford AQA, KOICA, Marshal Cavendish xalqaro tashkilotlar va Finlandiya Milliy ta’lim agentligi bilan yaqindan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
Yangi baholash tizimi joriy etilgan 1500 ta umumta’lim maktabining 11 ming nafardan ortiq rahbar xodimlari ishtirokida “Testologiya qoidalari”, “Har bir fan uchun spetsifikatsiya tuzish”, “Baholash vazifasi va shkalasi” kabi mavzularda treninglar o‘tkazildi.
Baholash tizimi bo‘yicha umumta’lim maktablarining 926 ming o‘quvchilariga mo‘ljallangan 121 mingdan ortiq choraklik summativ baholash sinovlarining savollari ishlab chiqildi.
- maktablardagi choraklik summativ baholash sinovlari uchun chsb.piima.uz elektron platformasi ishlab chiqilib, sinovlar natijalari joylashtirildi. CHSB sinov natijalariga ko‘ra, o‘quvchilar bilimida matematika fanidan 8 foiz, geometriya fanidan 7 foiz, fizika fanidan 3 foiz, algebra va biologiya fanlaridan 2 foiz o‘sish kuzatildi.
“Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohida 520 nafar o‘quvchilar uchun yozgi dam olish va kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Agentlik tizimidagi maktablarning 23 tasiga laboratoriya jihozlari hamda 208 tasiga laboratoriya xonalari uchun kimyoviy va biologik to‘plamlaryetkazibberildi
Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari (veb-sayt, telegram, facebook, instagram, youtube)da 2,5 mingdan oshiq materiallar joylashtirildi. Ushbu ma’lumotlar 20 milliondan ortiq ko‘rilgan bo‘lsa
10 mingdan ortiq (pereslat) ulashilgan.
“Oʻzbekiston24”, “Oʻzbekiston”, “Yoshlar”, “Madaniyat va maʼrifat”, “Toshkent”, “Mening yurtim”, “Sevimli”, “Dunyo boʻylab” singari telekanallarda Agentlik va tizimdagi taʼlim tashkilotlari faoliyatiga oid 250 dan oshiq suhbat, intervyu, reportaj, tok-shou, sharh, munozara, xabar, hisobot, no comment, badiiy-publitsistik lavha singari turli janrlardagi koʻrsatuvlar efirga uzatildi. Ushbu koʻrsatuvlarning aksariyati jonli tarzda amalga oshirildi.
uza.uz, kun.uz, daryo.uz, qalampir.uz, oyina.uz, xabar.uz singari saytlarda esa Agentlik faoliyati bilan bogʻliq 50 dan oshiq materiallar eʼlon qilingan boʻlsa, radio va bosma nashrlarda 100 ga yaqin chiqishlar qilindi.
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
Axborot xizmati




