"Teatr-ibratxonadir": Qashqadaryo viloyati bosqichi
2025-02-26 10:05:00 / Yangiliklar
Agentlikning Qashqadaryo viloyatida joylashgan maktablarining teatr jamoalari oʻzaro bellashdi.

#teatr_ibratxonadir
#hududiy_bosqich
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida "Teatr – ibratxonadir" shiori ostida o‘tkazilayotgan tanlovning hududiy bosqichi qizg‘in davom etmoqda.
Agentlikning Qashqadaryo viloyatida joylashgan maktablarining teatr jamoalari oʻzaro bellashdi. Yakuniy natijalarga koʻra:
Qashqadaryo viloyati bosqichida – Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi teatr jamoasi "Tabib" spektakli bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.



