2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar
2025-02-25 10:10:00 / Hisobotlar
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan
2024-yilda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar
- Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi faoliyatiga doir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta farmoni va 2 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 2 ta qarori qabul qilindi.
- Agentlik tizimida 3ta (Ko‘kdala, Pop va Oqdaryo) ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etilib, ularning soni 185 taga yetkazildi. Natijada iqtidorli bolalar uchun qo‘shimcha 504 ta yangi o‘quvchi o‘rin, 162 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 3 ta (Andijon, Samarqand, Nukus shahar) filiali tashkil etildi.
- Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, Bahodir Jalolov nomidagi boksga va Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikagaixtisoslashtirilgan sport maktablari Agentlik tizimiga o‘tkazildi.
- Agentlik tizimidagi o‘quvchi va talabalar soni 73 500 nafarga yetdi, maktablardagi 8 473 nafar o‘qituvchilarning 54 foizini oliy va birinchi toifalilar tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga(47 foiz) nisbatan 7 foizga oshdi.
- Iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadidaAgentlik huzurida Fan olimpiadalari markazi tashkil etildi.
- Agentlik tomonidan Koreya ta’lim markazi, Sungkyunkwan universiteti, Cognia Inc. tashkiloti, Rossiyaning “Letovo school”, Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan “Anglashuv memorandumlar” imzolandi.
- “Yangi O‘zbekiston” universitetida “Central Asia Universities Forum” - “Markaziy Osiyo universitetlar forumi” o‘tkazildi. Unda 60 ga yaqin ta’lim sohasidagi xalqaro tashkilot rahbarlari, 97 ta xorijiy oliygoh vakillari ishtirok etishdi.
- Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun 7 nomda (6-sinflar uchun “Informatika”, “Matematika”, 7-sinflar uchun “Informatika”, “Algebra”, “Geometriya”, ta’lim qoraqalpoq tilida 8-sinflar uchun “Ona tili”, “Adabiyot”) yangi avlod darslik majmualari ishlab chiqildi.
- Prezident maktablari bitiruvchilarining 80 foizi (255 nafari) SAT sertifikatiga ega bo‘lishdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 30 foizga oshdi. Bitiruvchilarning 100 foizi xalqaro til bilish sertifikatlariga (eng yuqori ball 8,5 ball) ega bo‘ldi. Kembridj Xalqaro A-level imtihonlarida bitiruvchilarning 70 foizi yuqori natijaga erishdi (2023-yilga (58 foiz) nisbatan 12 foizga oshdi).
- O‘quvchilar qabuliga oid Matbuot anjumani o‘tkazildi, yo‘lga qo‘yilgan Murojaatlar markazi (sall- center, 1206) ga 25 nafar operator, arizalar bilan ishlash uchun 80 nafar tahrirchilar jalb etildi (murojaatlarga 24 soat ichida javob berildi, CRM tizimi orqali murojaatlarga javob berish sifati oshirildi, natijada Prezident Virtual qabulxonasiga masalaga oid murojaatlar sonining 60 foizga kamayishga erishildi); my.gov.uz orqali maktablarga ariza yuborish va imtihonlar natijasini bilish tizimi ishga tushirildi.
- Agentlik maktablari kirish imtihonlarida 215 211 nafar o‘quvchilar ishtirok etishdi. Prezident maktablariga hujjat topshirgan o‘quvchilar soni bir o‘ringa nisbatan 185 tani tashkil etib, o‘tgan yilga (169 ta) nisbatan 16 taga oshdi.
- “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 3000 nafar talabgorlardan 480 nafari kirish imtihonlari orqali “Muhandislik maktabi” (Kimyo va materialshunoslik muhandisligi, Mexanika muhandisligi), “Raqamli texgologiyalar maktabi” (Dasturiy ta’minot muhandisligi, Kiber xavfsizlik, Sun’iy intellekt va robototexnika) , “Gumanitar, tabiiy va ijtimoiy fanlar maktabi” (Amaliy matematika, Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili, Pedagogika (STEM fanlar bo‘yicha), Zamonaviy fizika), “Boshqaruv maktabi” (Sanoat boshqaruvi, Sanoat boshqaruvi – innovatsiya va biznesni rivojlantirish) yo‘nalishlariga saralab olindi.
- Agentlik tizimida 2 ta (Bahodir Jalolov nomidagi boksga va Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga) ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ularga 52 nafar rahbar, pedagog va trener xodimlar ikki bosqichli hamda 170 nafar iqtidorli o‘quvchilar uch bosqichli tanlov asosida saralab olindi.
- Agentlik tizimidagi barcha maktablarda ta’lim jarayonlari 5 kunlik o‘qitish tizimiga o‘tkazildi.
- 14 ta Prezident maktablarida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining yangi tahrirdagi STEM fanlari ta’lim dasturlari amaliyotga joriy etildi.
- Toshkent, Xiva, Nukus va Namangan shahridagi Prezident maktablariga CIS (Council of International Schools) Xalqaro maktablar kengashi tashkiloti tomonidan sentyabr-oktyabr oylari davomida tashrif amalga oshirildi, o‘rganish yakunlariga ko‘ra ushbu maktablar xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
- Agentlik va Buyuk Britaniyaning Pearson-Edexcel xalqaro ta’lim tashkiloti o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Tashkilot vakillari oktyabr oyida Toshkent, Nurafshon, Guliston va Jizzax shahridagi Prezident maktablarini imtihon markaziga aylantirish yuzasidan tashrif buyurishdi. Shuningdek, tashkilot vakillari hamda trenerlar tomonidan STEM fanlari bo‘yicha joriy yil sentabr oyida seminar, noyabr oyida onlayn trening o‘tkazildi.
- Ta’lim jarayonlarini xalqaro standartlar talablariga moslashtirish hamda baholash jarayonlarida qulaylik yaratish maqsadida Prezident maktablarida II semestrlik o‘quv dasturi joriy etildi.
- 9 ta ijod maktabida “San’at” fanini o‘qitish, 185 ta ixtisoslashtirilgan maktablarda shaxmat darslari, “Yosh akademiklar” klubi, akademiklar tomonidan mahorat darslari o‘tilishi yo‘lga qo‘yildi.
- STEM fanlarini ingliz tilida Kembrij ta’lim dasturlari hamda darsliklari asosida 13 ta (Xo‘jayli, Zomin, Konimex, Buxoro, Muzrabod, Boysun, Shahrisabz, Kitob, Marg‘ilon tumanlar, Termiz shahar 1-son, Yangiyer va Angren shahar) ixtisoslashtirilgan maktabning 5-6-sinflarida o‘qitish joriy etildi.
- Abdulla Oripov va Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quv dasturi xalqaro IB xalqaro bakalavriat tashkiloti talablariga moslashtirildi.
- Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining 8-sinfida matematika fanini ingliz tilida Person (Pearson-Edecxel) xalqaro ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari hamda darsliklari asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.
- Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Zamin Creative”loyihasi ishga tushirildi.
- Bahodir Jalolov nomidagi boksga hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablar qayta tashkil etildi. Ularda O‘zbekiston tarixi va ingliz tili fanlarini chuqurlashtirilgan holda, umumlashgan tabiiy fan va sport psixologiyasini zamonaviy usullarda o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi.
- Bitiruvchilarning Prezident maktablarida 100 foizi, ijod maktablarida 56 foizi muddatidan oldin xorijiy va mahalliy oliygohlarda o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.
- Toshkent shahridagi Prezident maktabining 2 nafar o‘quvchisi dunyo reytingida 4-o‘rindagi Garvard universitetiga (354 ming $), 17-o‘rindagi Princton universitetiga (350 ming $) 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Bu ko‘rsatkich keyingi 5 yilda 23 pog‘onaga ko‘tarilgan. Masalan, 2022 yilda Xiva shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi (Hidoyat Ro‘zmetov) dunyo reytingida 37-o‘rinda turuvchi Buyuk Britaniyaning King‘s College, 300 talikka kiruvchi Arizona, 1000 talikka kiruvchi jami 23 ta oliygohlaridan 2,5 mln. dollar miqdorida grant yutgan).
- Prezident maktablarining 31 nafar, Ijod maktablarining 9 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarning 15 nafar bitiruvchisi “El yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi sohibi bo‘lishdi.
- Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari kuchli 10 taligida Agentlik tizimidagi 9 ta (E.Vohidov, H. Olimjon va Zulfiya, H.Xudoyberdiyeva, A.Oripov, A.Qodiriy, M. Ogahiy, I. Ibrat nomidagi ijod maktablari va Qarshi shahar 1-son, Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan) maktab o‘rin olgan.
- Simpoziumlar saroyida o‘tkazilgan “Bitiruvchilar qurultoyi”da 641 nafar o‘quvchi-yoshlar, 139 nafar kuzatuvchilar (maktablar rahbar xodimlari va shoʻba mudirlari) ishtirok etishdi.
- “Bitiruvchilar kengashi” faoliyatini yanada rivojlantirish uchun maxsus platforma (alumni.piima.uz) va uning mobil ilovasi (Android/IOS tizimi uchun) ishlab chiqildi. Agenlik tizimidagi barcha maktablar bitiruvchilari ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ma’lumot uchun: 2021-2024 yillarda 14 ta Prezident maktabini tamomlagan 833 nafar bitiruvchilarning 194 tasi xorijiy, 639 tasi mahalliy oliy ta’lim muassasalarda tahsil olmoqda. Shu jumladan, 378 nafari (59 foizi) “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘qimoqda.
- STEM fanlaridan “Fan kengashi” tashkil etilib, tarkibiga har bir fandan eng yuqori natijaga erishgan 50 nafar o‘qituvchilar jalb etildi.
- 80 nafar rahbar va pedagog xodimlar xorijiy davlatlarga (Saudiya Arabistoni, Xitoy, Koreya, Malayziya, Angliya, Rossiya va Ozarbayjon) malaka oshirish va stajirovkaga yuborildi, 30 nafardan ortiq o‘quvchilar turli xalqaro festivallarda ishtirok etishdi.
- Agentlik maktablaridagi xorijiy til o‘qituvchilarining til bilish bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lganlar soni 1 074 nafarni tashkil etib, 95 foizga (2023 yilda 77 foiz) yetkazildi.
- O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan “Zomin seminari”ga 45 nafar ijodkor o‘quvchilarning ishtiroki ta’minlandi. “Birinchi kitobim” loyihasi asosida 9 nafar iqtidorli o‘quvchilarning kitoblari nashr etildi.
- Prezident maktablarining o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida “Teamworking” va “Wellbeing”ni rivojlantirishga qaratilgan 4S loyihasi, start-ap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilarning o‘zaro bilim va tajriba almashishini yo‘lga qo‘yish maqsadida STEM+ musobaqasi tashkil etildi.
- Dasturlash va robototexnika yo‘nalishida ilk marotaba tashkil etilgan “ROBO-CODING” olimpiadasiga 11 ming nafardan ortiq o‘quvchilar jalb etildi.
- Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda ilk marotaba o‘tkazilgan “Incheon ta’lim festivali” tanlovida koreys tilini B1 darajasida biladigan 120 nafar o‘quvchilar ishtirok etishdi.
- Agentlik maktablarida “Turon” teatr studiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi, ular o‘rtasida yilda bir marta tanlov tashkil etiladi.
- Maktab o‘quvchilari o‘rtasida ilk marotaba ta’lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim o‘zgarishi va qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratishni nazarda tutuvchi “Ixtirochilikka qadam” tanlovi o‘tkazildi;
- Ilk marotaba ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasi hamda “Ijodiy olimpiada” o‘tkazildi.
- Tizimdagi 8 ta maktab jamoasi “Eco-schools Uzbekistan” loyihasida yashil bayroqni qo‘lga kiritishdi.
- Mintaqaviy, xalqaro nufuzli fan olimpiadalarda tizimdagi o‘quvchilar jami 61 ta (10 ta oltin, 15 ta kumush va 36 ta bronza) medalni qo‘lga kiritishdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 21 taga oshdi. Masalan: Abu Ali ibn Sino maktabi o‘quvchilari eng nufuzli xalqaro olimpiadalarda 11 ta (1 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza), xususan, Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahrida 87 ta davlat (340 nafar o‘quvchi) ishtirokida o‘tkazilgan 56-Xalqaro kimyo olimpiadasida 1 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi.
- Ixtisoslashtirilgan sport maktablarining o‘quvchi-sportchilari boks va sport gimnastikasi turlari bo‘yicha 15 ta nufuzli sport musobaqalarida jami 35 ta (7 ta oltin, 10 ta kumush, 18 ta bronza) medallar qo‘lga kiritishdi. Ma’lumot uchun: boks bo‘yicha Osiyo chempionatida 1 ta kumush, 1 ta bronza, O‘zbekiston chempionatida 3 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza, O‘zbekiston kubogida 2 ta oltin, 3 ta kumush, 11 ta bronza, Xalqaro turnirlarda 13 ta oltin, 5 ta kumush, 11 ta bronza, sport gimnastikasi bo‘yicha Osiyo chempionatida 1 ta bronza, O‘zbekiston kubogida 1 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza.
- Agentlik tizimidagi maktablarda tashkil etilgan “Vatan tayanchi” otryadlariga jalb etilgan 4200 nafar o‘quvchilarga Mudofaa vazirligi bilan birgalikda markazlashgan holda ko‘krak nishoni va guvohnomalari topshirildi.
- Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan pedagog xodimlarning malaka toifa sinovlari uchun 47 mingdan ortiq savollar bazasi 7 ta tilda shakllantirilib, ekspertizadan o‘tkazildi.
- Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi bilan Kembrij, Oxford AQA, KOICA, Marshal Cavendish xalqaro tashkilotlar va Finlandiya Milliy ta’lim agentligi bilan yaqindan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
- Yangi baholash tizimi joriy etilgan 1500 ta umumta’lim maktabining 11 ming nafardan ortiq rahbar xodimlari ishtirokida “Testologiya qoidalari”, “Har bir fan uchun spesifikatsiya tuzish”, “Baholash vazifasi va shkalasi” kabi mavzularda treninglar o‘tkazildi.
- Baholash tizimi bo‘yicha umumta’lim maktablarining 926 ming o‘quvchilariga mo‘ljallangan 121 mingdan ortiq choraklik summativ baholash sinovlarining savollari ishlab chiqildi.
- Agentlik maktablardagi choraklik summativ baholash sinovlari uchun chsb.piima.uz elektron platformasi ishlab chiqilib, sinovlar natijalari joylashtirildi. CHSB sinov natijalariga ko‘ra, o‘quvchilar bilimida matematika fanidan 8 foiz, geometriya fanidan 7 foiz, fizika fanidan 3 foiz, algebra va biologiya fanlaridan 2 foiz o‘sish kuzatildi.
- “Renessans” sog‘lomlashtirish oromgohida 520 nafar o‘quvchilar uchun yozgi dam olish va kuchaytirilgan o‘quv-mashg‘ulotlari tashkil etildi, 130 nafar tajribali pedagog xodimlar jalb etildi.
- Agentlik tizimidagi maktablarning 23 tasiga laboratoriya jihozlari hamda 208 tasiga laboratoriya xonalari uchun kimyoviy va biologik to‘plamlar yetkazib berildi.
- Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari (veb-sayt, telegram, facebook, instagram, yotube)da 2,5 mingdan oshiq materiallar joylashtirildi. Ushbu ma’lumotlar 20 milliondan ortiq ko‘rilgan bo‘lsa 10 mingdan ortiq (pereslat) ulashilgan. “Oʻzbekiston24”, “Oʻzbekiston”, “Yoshlar”, “Madaniyat va maʼrifat”, “Toshkent”, “Mening yurtim”, “Sevimli”, “Dunyo boʻylab” singari telekanallarda Agentlik va tizimdagi taʼlim tashkilotlari faoliyatiga oid 250 dan oshiq suhbat, intervyu, reportaj, tok-shou, sharh, munozara, xabar, hisobot, no comment, badiiy-publisistik lavha singari turli janrlardagi koʻrsatuvlar efirga uzatildi. Ushbu koʻrsatuvlarning aksariyati jonli tarzda amalga oshirildi. “uza”, “kunuz”, “daryouz”, “qalampir”, “oyina”, "xabar" singari saytlarda esa Agentlik faoliyati bilan bogʻliq 50 dan oshiq materiallar eʼlon qilingan boʻlsa, radio va bosma nashrlarda 100 ga yaqin chiqishlar qilindi.
