“Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” çellenji boşlandi!
2026-11-14 12:00:00 / Yangiliklar

18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” şiori ostida ijodiy çellenj taşkil etilmoqda.
Çellenj doirasida ta’lim muassasalari jamoalari quyidagi yönalişlarda öz ijodiy çiqişlarini taqdim etişlari mumkin:
Davlat bayroğining yaratiliş tarixi va mazmun-mohiyatiga bağişlangan videoroliklar;
Bayroğimizdagi ranglar va ramzlar haqida qiziqarli viktorinalar;
“Bayroq va fan” mavzusida ilmiy tajribalar va körgazmalar;
Vatan, bayroq va milliy ğurur mavzusida şe’riy çiqişlar, mini-spektakllar hamda sahna körinişlari.
Tayyorlangan videolavha va ijodiy çiqişlarni ijtimoiy tarmoqlarda #Bir_Vatan_bir_el_bir_bayroq xeştegi ostida joylaştiring!
Barça ta’lim muassasalarini uşbu çellenjda faol iştirok etişga çorlaymiz!
Davlat bayroğimiz — mustaqilligimiz, ozodligimiz, milliy ğururimiz va xalqimiz birdamligining yorqin timsolidir!
Eslatma! Eng sara kontentlar Agentlik hamda uning hududlardagi ijtimoiy tarmoqlarida joylaştiriladi.
Bir Vatan! Bir el! Bir bayroq!
