Ixtisoslaştirilgan maktab bitiruvçisi muddatidan oldin AQŞning nufuzli universitetiga qabul qilindi
2026-11-12 21:45:00 / Yangiliklar

Yana bir xuşxabar! Keça Prezident maktablarining 16 nafar öquvçisi nufuzli “Outstanding Pearson Learner Awards” xalqaro mukofotining 18 ta sovriniga sazovor bölgani haqida xabar bergan edik. Bugun esa Agentlik tizimidagi Namangan tumani ixtisoslaştirilgan maktabining 11-sinf öquvçisi Dilşoda Murtazaxonova Amerika Qöşma Ştatlarining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri Temple University talabasi böliş imkoniyatini qölga kiritdi.
E’tiborlisi, Dilşoda universitetning Provost Tuition Merit Sçolarşip dasturi asosida tört yil davomida jami 60 000 AQŞ dollari miqdoridagi grantga sazovor böldi. Grant miqdori har yili 15 000 AQŞ dollarini taşkil etadi.
Temple University Times Higher Education (THE) xalqaro reytingida dunyoning yetakçi 500 ta universiteti qatoridan joy olgan. Şuningdek, universitetning xalqaro kampuslarida, jumladan, Italiya va Yaponiyada tahsil oliş imkoniyatlari ham mavjud.
Quvonarlisi, Dilşoda belgilangan muddatdan avval universitet talabasi bölişdek şarafli natijaga erişdi.
Albatta, ketma-ket kuzatilayotgan bunday yutuqlar mamlakatimizda, xususan, muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbuslari bilan ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yoşlar uçun yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda ta’lim sifatini oşiriş borasidagi islohotlarning amaliy samarasidir.
Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari öquvçilarining nufuzli xalqaro mukofotlar va dunyoning yetakçi oliygohlariga erişib borayotgani yoş avlodning bilim va salohiyati tobora yuksalayotganidan dalolat beradi.
Dilşoda Murtazaxonovani uşbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz! Unga kelgusi ta’lim yölida yangi zafarlar, yuksak marralar va xalqaro miqyosdagi yanada katta yutuqlar tilaymiz!
Zero, bugungi bilimli va iqtidorli yoşlar — Yangi Özbekistonning ertangi taraqqiyoti va munosib kelajagidir!
