Agentlik tizimidagi muhandislik maktablarining ilk taqdimot yiğilişi bölib ötdi
2026-11-12 15:30:00 / Yangiliklar

Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan ilgari surilgan “Özbekiston — ilğor muhandislar mamlakati” loyihasi doirasida taşkil etilgan 11 ta muhandislik maktabining ilk taqdimot yiğilişi bölib ötdi.
Bugun, 12-noyabr kuni Ixtisoslaştirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Şakirova boşçiligida Agentlik tizimidagi muhandislik maktablari rahbarlari iştirokida ötkazilgan yiğilişda yangi ta’lim muassasalari faoliyatining dastlabki natijalari sarhisob qilindi.
Ta’kidlaş joizki, mazkur muhandislik maktablari Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-278-sonli “Yangi avlod muhandislarini tayyorlaş va muhandislik ta’limini rivojlantirişga oid çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori asosida taşkil etilgan bölib, mamlakatda yangi avlod muhandis kadrlarini tayyorlaş, muhandislik ta’limini rivojlantiriş va maktab ta’limida uşbu yönalişni ustuvor darajaga olib çiqişni maqsad qilgan.
Yiğilişda 2026–2027-öquv yilining birinçi çoragi yakunlari, öquvçilarning bilim darajasi, ta’lim sifati körsatkiçlari hamda muhandislik maktablarida amalga oşirilayotgan işlar taqdimot qilindi.
Joriy öquv yilidan faoliyatini boşlagan 11 ta muhandislik maktabida birinçi çorak yakunlari böyiça bilimlarni baholaş sinovlarida 2 ming nafarga yaqin öquvçi iştirok etdi. Sinovlar zamonaviy talablar asosida onlayn va oflayn şakllarda taşkil etildi.
Taqdimot davomida baholaş natijalari atrofliça tahlil qilinib, har bir maktabda ta’lim sifatini yanada oşiriş, fanlarni özlaştiriş samaradorligini yaxşilaş hamda pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, öqituvçilar örtasida özaro tajriba almaşiş, ilğor pedagogik amaliyotlarni ommalaştiriş, öquvçilar bilan individual işlaş va qöşimça maşğulotlarni samarali taşkil etiş böyiça takliflar muhokama qilindi.
Yiğiliş yakunida muhandislik maktablarida ta’lim sifatini izçil oşiriş, öquvçilarning muhandislik va aniq fanlarga bölgan qiziqişini kuçaytiriş, ularning nazariy bilimlari va amaliy könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan kelgusi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Mazkur taşabbus doirasida taşkil etilgan muhandislik maktablari iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş, zamonaviy muhandislik ta’limi muhitini şakllantiriş hamda kelgusida mamlakatimiz sanoati va iqtisodiyoti uçun yuqori malakali, raqobatbardoş muhandis kadrlarni tayyorlaşga xizmat qiladi.


