Laboratoriya mutaxassislari uçun respublika öquv-amaliy seminari ötkazildi
2026-11-08 12:45:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 6–7-noyabr kunlari Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabning Çinoz filialida Agentlik tomonidan "Laboratoriya — faqat jihozlar joylaşgan xona emas, balki ilmiy tafakkur, tajriba va kaşfiyotlar makoni" mavzusida respublika öquv-amaliy seminari taşkil etildi. Unda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslaştirilgan maktab hamda uning hududiy filiallarida faoliyat yuritayotgan kimyo va biologiya fani öqituvçilari, şuningdek, laborantlar iştirok etdi.
Seminarning asosiy maqsadi laboratoriya mutaxassislarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantiriş, zamonaviy laboratoriya jihozlaridan samarali foydalaniş, xavfsizlik talablariga rioya etiş hamda amaliy tajribalarni sifatli taşkil etiş böyiça bilim va könikmalarini mustahkamlaşdan iborat böldi.
Ikki kunlik dastur davomida laboratoriya faoliyatini zamonaviy talablar asosida taşkil etiş, kimyoviy reaktivlar va biologik namunalar bilan xavfsiz işlaş, laboratoriya jihozlaridan töğri foydalaniş, favqulodda holatlarning oldini oliş hamda tegişli hujjatlarni yuritiş böyiça nazariy va amaliy maşğulotlar ötkazildi.
Şuningdek, iştirokçilar kimyo laboratoriyasida eritmalar tayyorlaş, ölçov işlarini bajariş, biologiya laboratoriyasida mikroskoplardan foydalaniş va biologik namunalar bilan işlaş jarayonlarida amaliy könikmalarini mustahkamladilar.
"LAB SKILLS: amaliy mahorat stansiyalari" doirasida taşkil etilgan maşğulotlar hamda raqamli laboratoriya texnologiyalariga bağişlangan mahorat darslari orqali zamonaviy öquv-laboratoriya uskunalarining imkoniyatlari va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etiş masalalari körib çiqildi.
Bundan taşqari, filiallar laboratoriyalarini rivojlantirişga qaratilgan rejalar taqdim etildi, mavjud muammolar va ularning yeçimlari muhokama qilinib, iştirokçilar örtasida özaro tajriba almaşildi.
Seminar yakunida iştirokçilarning ikki kunlik faoliyati sarhisob qilinib, ularga Agentlikning taşakkurnomalari hamda sertifikatlari tantanali ravişda topşirildi. Mazkur öquv-amaliy seminar laboratoriya mutaxassislarining kasbiy mahoratini oşiriş, laboratoriya xavfsizligi madaniyatini mustahkamlaş, zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş könikmalarini rivojlantiriş hamda ixtisoslaştirilgan maktablarda tabiiy fanlarni öqitiş samaradorligini yanada oşirişga xizmat qiladi.



