14 NAFAR PEDAGOGIMIZ — DAVLAT MUKOFOTI SOHIBI!
2026-10-01 14:05:00 / Yangiliklar

#Ustozga_ehtirom
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan yurtdoshlarimiz qatorida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan 14 nafar pedagog davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan:
- Yo‘ldoshev Dilmurod Karimjonovich — Shahrixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining fizika fani o‘qituvchisi;
- Ko‘chkinov Ziyodullo Ahmedovich — Bandixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining tasviriy san’at fani o‘qituvchisi.
II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan:
- Abdullayeva Gulnoz Xasanovna — Urganch tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatining biologiya fani o‘qituvchisi.
“Sog‘lom turmush” medali bilan:
- Pardayeva Gavhar Doniyorovna — Samarqand shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o‘qituvchisi.
“Jasorat” medali bilan:
- Karshiyeva Gulnoza Turakulovna — Tomdi tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi.
“Kelajak bunyodkori” medali bilan:
- Xasanov Azizbek Erkin o‘g‘li — Navoiy shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi.
“Shuhrat” medali bilan:
- Avlakulov Davron Olimovich — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning informatika fani o‘qituvchisi;
- G‘iyosov Xasan Mamirovich — Sharof Rashidov tumani ixtisoslashtirilgan maktabining informatika fani o‘qituvchisi;
- Kamolov Ne’matjon Bahodirovich — Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o‘qituvchisi;
- Qurbonova Iroda Djalalovna — Qo‘qon shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani o‘qituvchisi;
- Qulmanova Nodira Eshdavlat qizi — Jarqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabining biologiya fani o‘qituvchisi;
- Pardayeva Yulduz Ibragimovna — Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi;
- Tohirov Doniyor Baxtiyor o‘g‘li — Chust tumani ixtisoslashtirilgan maktabining kimyo fani o‘qituvchisi;
- Xudoyberdiyev Dilshod Anorboy o‘g‘li — Toshkent shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o‘qituvchisi.
Agentlik jamoasi yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan ustozlarimizni samimiy muborakbod etadi!
Aziz ustozlar, yuksak davlat mukofotlari muborak bo‘lsin!
