GENDER TENGLIGI — TENG IMKONIYATLAR SARI QADAM
2026-09-17 14:10:00 / Yangiliklar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan “Gender tengligi — teng imkoniyatlar sari qadam” mavzusida videorolik tayyorlandi.
Gender tengligi — jamiyatda xotin-qizlar va erkaklar uchun ta’lim olish, o‘z qobiliyatini namoyon etish, kasb tanlash va jamiyat hayotida faol ishtirok etishda teng imkoniyatlar yaratilishi demakdir.
Ayniqsa, ta’lim muhitida o‘quvchilarda o‘zaro hurmat, tenglik, mas’uliyat va bir-birining imkoniyatlarini qadrlash kabi tushunchalarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega.
