“PREZIDENT IQTIDORLI FARZANDLARI” MILLIY DASTURI BO‘YICHA SAYYOR QABULLAR O‘TKAZILADI
2026-09-25 14:25:00 / Yangiliklar

#sayyor_qabul
“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi doirasida fuqarolarning murojaat, taklif va shikoyatlarini bevosita o‘rganish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida sayyor qabullar tashkil etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
28-sentyabr, soat 10:00
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Nukus filiali
Xorazm viloyati
30-sentyabr, soat 10:00
Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
Sayyor qabullar davomida fuqarolarning “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturiga oid murojaatlari, taklif va shikoyatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalar o‘rganiladi hamda ularni vakolat doirasida hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.
Dastur yuzasidan murojaat va takliflari mavjud fuqarolarni sayyor qabullarda ishtirok etishga taklif etamiz.
