“KELAJAK SOATI” — YAGONA VATAN, YAGONA XALQ
2026-09-14 17:45:00 / Yangiliklar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘ulotlari “Yagona Vatan — yagona xalq” mavzusida tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar Vatan taraqqiyoti, xalqimizning birdamligi, milliy qadriyatlar hamda bugungi islohotlarda yoshlarning o‘rni haqida o‘z fikrlarini bildirdilar. Mavzu doirasida tayyorlangan loyiha ishlari esa o‘quvchilarga o‘z qarashlarini erkin ifodalash, fikr almashish va muhim xulosalar chiqarish imkonini berdi.
Shuningdek, yoshlarning bilim olishga intilishi, mustaqil fikrlashi, oldiga aniq maqsad qo‘yishi va erishayotgan yutuqlari bilan yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shishlari haqida suhbatlashildi.









