“QAYERGA QAYTAMIZ?” — BILIMDAN VATAN RAVNAQI SARI
2026-09-15 21:20:00 / Yangiliklar

Agentlik tizimidagi barcha Prezident maktablarida “Qayerga qaytamiz?” qisqa filmi namoyish etildi. Unda xorijda tahsil olish, dunyo tajribasini o‘rganish va egallangan bilimlarni o‘z yurti taraqqiyotiga xizmat qildirish g‘oyasi ilgari surilgan.
Film qahramonlari — Mushtariy Madraximova va O‘ktam Xo‘jaqulov. Ularning xorijda ta’lim olib, bilim va tajriba orttirib, kelajagini ona Vatan bilan bog‘lashga qaror qilgani o‘quvchilar uchun hayotiy misol sifatida namoyon bo‘ladi.
Film o‘quvchilarni bugundan bir savol ustida o‘ylashga chorlaydi: kelajakda qayerda ta’lim olishimizdan qat’i nazar, egallagan bilimimiz kimga va qanday maqsadga xizmat qiladi?
Bilim dunyoga yo‘l ochadi. Vatanga daxldorlik esa bu bilimga maqsad beradi.









