O‘ZBEKISTON — FRANSIYA: TA’LIM SOHASIDAGI HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
2026-09-16 20:25:00 / Yangiliklar

#xalqaro_hamkorlik
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Valid Fuk bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, xususan, Agentlik tizimidagi muhandislik maktablariga fizika, matematika va muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha fransiyalik mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, o‘quvchi va pedagoglar uchun qisqa muddatli almashinuv dasturlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, “Zamin” xalqaro jamoat fondi bilan hamkorlikdagi inklyuziv ta’lim loyihalari, o‘quvchilar uchun Fransiyada yozgi dasturlar va tajriba almashinuvlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.
Muloqot davomida Campus France va Fransiya universitetlari ishtirokida Agentlik tizimidagi maktablarning ta’lim maslahatchilari uchun uchrashuv va videokonferensiyalar tashkil etish, o‘quvchilarni Fransiyadagi oliy ta’lim imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Tomonlar belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratdi.






