“PREZIDENT IQTIDORLI FARZANDLARI” MILLIY DASTURINING NAVBATDAGI MAVSUMI BOSHLANDI
2026-09-08 10:25:00 / Yangiliklar

Renessans oromgohida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturining navbatdagi mavsumiga start berildi. Ochilish tadbirida ishtirokchilar yangi mavsumning asosiy yo‘nalishlari, ta’lim jarayoni hamda ular uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi.
Dastur doirasida ishtirokchilar belgilangan fan va yo‘nalishlar bo‘yicha mashg‘ulotlarni boshladi. Ta’lim jarayonida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, jamoaviy loyihalar ustida ishlash hamda turli intellektual faoliyatlar orqali yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.






