“KELAJAK SOATI” — MUSTAQILLIK SABOQLARI
2026-09-07 13:50:00 / Yangiliklar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda “Kelajak soati” mashg‘ulotlari davom etmoqda. Navbatdagi mashg‘ulotlar o‘quvchilarda Vatanga daxldorlik tuyg‘usini, milliy qadriyatlarga hurmatni va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlashga qaratildi.
5–8-sinf o‘quvchilari “Mustaqillik yillari yutuqlari” mavzusida oila a’zolari bilan suhbatlashib, bildirilgan fikr va xulosalarni maktabdagi mashg‘ulotlarda muhokama qilmoqda.
9–11-sinf o‘quvchilari esa “Mening oilam — Vatanimning bir bo‘lagi” mavzusida o‘z oilasi davrasida fikr almashib, olingan xulosalarni sinfdoshlari bilan tahlil qilmoqda.






