HUDUDLARDA YANGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR FAOLIYAT BOSHLADI
2026-09-02 13:45:00 / Yangiliklar

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyatining Toyloq tumani hamda Navoiy shahrida ikkita ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi. Zamonaviy sharoitlar yaratilgan ushbu maktablar iqtidorli o‘quvchilarning bilim va salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Toyloq tumanidagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktab yangi o‘quv yilini 362 nafar o‘quvchi bilan boshladi. Maktabga qiziqish yuqori bo‘lib, qabul jarayonida har bir o‘rin uchun o‘rtacha 23 nafar talabgor da’vogarlik qildi.
Navoiy shahrida 504 o‘rinli Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat filiali faoliyat boshladi. Majmuada 222 o‘rinli yotoqxona va zamonaviy sport zali barpo etilib, o‘quvchilarning ta’lim olishi, yashashi va sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratildi.









