XORAZMDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI O‘RGANILDI
2026-08-13 20:45:00 / Yangiliklar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Xorazm viloyatidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.
Tashrif davomida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, shuningdek, Urganch shahrida yangidan tashkil etilayotgan muhandislik maktabi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar ko‘zdan kechirildi.
Davlat dasturi doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan maktablardagi jarayonlar ham o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va ishlarni o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, pedagoglar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning takliflari tinglandi hamda ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.









