APELLATSIYA UCHUN ARIZALAR 7–11-AVGUST KUNLARI QABUL QILINADI
2026-08-07 17:10:00 / Yangiliklar

Al-Beruniy xalqaro maktab-internatiga (2-bosqich) kirish imtihonlari natijalaridan qoniqmagan talabgorlar joriy yilning 7-avgustidan 11-avgustigacha apellyatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Apellatsiya arizalari tegishli tartibda qabul qilinadi.
Apellatsiya komissiyasi murojaatlarni 10 kunlik muddatda ko‘rib chiqadi.
Apellatsiya bo‘yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Apellatsiya arizasini ariza.piima.uz sayti orqali shaxsiy kabinetga kirgan holda, maktablar kesimida yuborishingiz mumkin.
Batafsil: apellatsiya tartibi
