UPenn'da maktab maslahatchilari uchun maxsus seminarlar tashkil etildi
2026-07-31 17:35:00 / Yangiliklar

“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi doirasida AQShda malaka oshirayotgan maktab maslahatchilari University of Pennsylvania (UPenn) professorlari hamda universitetning qabul jarayonlari bo‘yicha mutaxassislari ishtirokida tashkil etilgan maxsus seminar va ma’ruzalarda qatnashmoqda.
Dastur doirasida Dr. Michael J.Nakkula (Professor of Practice) hamda Jacqueline E.Joyce (Research Associate) tomonidan “Prioritization, Admissions, and Extracurricular Activities” mavzusida ma’ruza o‘qildi. Shuningdek, UPenn Admission Office mutaxassislari ishtirokida “Letters of Recommendation for Counselors; Decision Making for Students” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Mashg‘ulotlar davomida maktab maslahatchilari o‘quvchilarni dunyoning nufuzli universitetlariga tayyorlash, ularning salohiyatini to‘g‘ri baholash, tavsiyanomalarni xalqaro talablar asosida tayyorlash hamda universitet tanlovi va qabul jarayonlarida samarali maslahat berish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirmoqda.
Mazkur xalqaro seminarlar maktab maslahatchilarining kasbiy salohiyatini yanada oshirish, iqtidorli yoshlarni TOP universitetlarga tayyorlash tizimini takomillashtirish va milliy dastur samaradorligini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.




