O‘zbekiston kunlari — UPenn’da
2026-07-28 16:05:00 / Yangiliklar

“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi doirasida AQShda malaka oshirayotgan o‘quvchilar va maktab maslahatchilari University of Pennsylvania (UPenn) professorlari, talabalari hamda xalqaro dastur ishtirokchilari uchun “Culture Presentation” tadbirini tashkil etdilar.
Taqdimot davomida O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, milliy urf-odatlari, qadriyatlari, milliy liboslari, taomlari va san’ati namoyish etilib, mehmonlarda yurtimizning qadimiy sivilizatsiyasi va zamonaviy taraqqiyoti haqida yorqin taassurotlar uyg‘otildi.


