PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHIDAN O‘TGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
2026-07-15 21:30:00 / Yangiliklar

#Imtihon_2026
DIQQAT, E’LON!
PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHIDAN O‘TGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 17-iyul kuni 1-smenada bo‘lib o‘tadi.
Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida bo‘lib, jami 130 daqiqa vaqt ajratiladi:
- matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
- ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.
Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini to‘ldirish uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
TALABGORLAR IMTIHONGA RUXSATNOMA VA TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANING ASL NUSXASI BILAN KELISHLARI KERAK.
Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.
Muhim eslatma: kirish imtihonlari soat 08:00 da boshlanadi. Barcha talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan oldin yetib kelishlari so‘raladi. Kirish imtihonini qayta topshirish yoki boshqa kunga ko‘chirish imkoniyati mavjud emas.
Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga SMS-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.
Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
