Qatar bilan ta'lim sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda
2026-07-14 20:35:00 / Yangiliklar

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova hamda Qatar davlati Ta'lim nazorati boshqarmasi rahbari Fatima Al-Rashid boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida ta'lim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or ta'lim metodikalarini joriy etish hamda tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Qatar tomoni Agentlik tizimida iqtidorli o‘quvchilarni tayyorlash, aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish hamda xalqaro fan olimpiadalarida erishilayotgan natijalarni yuksak baholab, mazkur yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuv yakunida STEM yo‘nalishida qo‘shma ta'lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilar va pedagoglar almashinuvini tashkil etish, yozgi ta'lim oromgohlarini tashkil etish hamda xalqaro fan olimpiadalariga tayyorgarlik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Tomonlar belgilangan tashabbuslarni izchil amalga oshirish va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha o‘zaro yaqin muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.



