IChO 2026 ishtirokchilari Botanika va Hayvonot bog‘lariga tashrif buyurishdi
2026-07-12 18:05:00 / Yangiliklar

#IChO_2026
#ExcursionDay
58-Xalqaro kimyo olimpiadasi ishtirokchilari bugun Toshkent shahridagi Botanika bog‘i hamda Hayvonot bog‘iga tashrif buyurib, O‘zbekistonning boy tabiati va bioxilma-xilligi bilan yaqindan tanishdilar.
Ekskursiya davomida yosh kimyogarlar noyob o‘simlik va hayvonot olami vakillarini kuzatib, tabiat qo‘ynida maroqli vaqt o‘tkazishdi.
Sayohat turli mamlakatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar uchun nafaqat yangi taassurotlar, balki do‘stlik va madaniy almashinuvni yanada mustahkamlash imkonini ham yaratdi.
IChO 2026'ning eng yorqin va unutilmas lahzalarini biz bilan kuzatishda davom eting!









