Yana bir tarixiy natija: O‘zbekiston terma jamoasi — 6 ta medal!
2026-06-20 13:50:00 / Yangiliklar

Ruminiyada o‘tkazilgan 30-O‘smirlar o‘rtasidagi Bolqon Matematika Olimpiadasi (JBMO-2026)da O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi yirik muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdi. Yosh matematiklarimiz 1 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, mamlakatimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qildilar.
Ayniqsa, Sergeli tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Umarbek Ubaydullayev eng yuqori natijani qayd etib, olimpiadaning mutlaq g‘olibi bo‘ldi. Shuningdek, Eldorbek Xakimov, Komronbek Kamolov, Ortiqjon Toxirov va Baxtiyor Ostonov kumush, Anvar Abdivaliyev esa bronza medal bilan taqdirlandi.
