IT va sun’iy intellekt ta’limida yangi hamkorlik sari
2026-06-15 18:10:00 / Yangiliklar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova AQShdan tashrif buyurgan ta’lim sohasi investori, Luwo.ai platformasi asoschisi va sobiq Google bosh muhandisi Taalaibek Djumabaev hamda loyiha PR direktori Anya Djumabaeva bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda agentlik tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyati, IT va informatika yo‘nalishlaridagi yutuqlar hamda istiqboldagi loyihalar muhokama qilindi. Amerikalik ekspertlar O‘zbekistondagi ta’lim va IT sohasining salohiyatini yuqori baholab, mamlakatimizda investitsiya va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi.
Hamkorlik doirasida maktablarda zamonaviy IT va sun’iy intellekt dasturlarini joriy etish, xalqaro tajriba asosidagi qo‘shma ta’lim loyihalarini ishlab chiqish hamda global ta’lim hamjamiyatlari bilan aloqalarni mustahkamlash rejalashtirilmoqda. Mazkur tashabbuslar iqtidorli o‘zbek yoshlari uchun raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt olamida yangi imkoniyatlar eshigini ochishga xizmat qiladi.





