“Turon” teatri g‘oliblari — Xitoy sari!
2026-06-11 13:50:00 / Yangiliklar

“Turon” teatr tanlovining Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar uchun yana bir quvonchli xushxabar bor.
Asosiy yo‘nalish g‘olibi – Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi.
“Zamin Creative” inklyuziv teatr studiyalari yo‘nalishi g‘olibi – Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi.
Ushbu ikki maktab o‘quvchilari endi Xitoyga ta’lim sayohatiga yo‘l olishmoqda.
Bu – nafaqat mukofot, balki yangi bilimlar, xalqaro tajriba va unutilmas taassurotlar sari qo‘yilgan muhim qadamdir. Yoshlarimizning san’atdagi yutuqlari dunyo eshiklarini ochayotgani barchamiz uchun g‘urur va iftixor manbaidir.


