O‘zbekiston ta’limi jahon sahnasida: raqamlar, islohotlar va ulkan yutuqlar
2026-05-12 20:05:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon raqamli ta’lim konferensiyasida (The 2024 World Digital Education Conference) ishtirok etdi.
Konferensiya doirasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova nutqida ta’lim islohotlari Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotganini va Xitoy (CIDCA) hamkorligida olis hududlardagi maktablarga IT-infratuzilma yetib borayotganini ta’kidladi.
Jumladan,
➡️Prezident maktablari – ta’lim “lokomotivi”. Barchasi Pearson-Edexcel va CIS akkreditatsiyasidan o‘tgan.
➡️Agentlik bitiruvchilarining oliy ta’lim qamrovi 100%; 30% dan ortig‘i TOP universitetlarga (MIT, Garvard, Ivy League va b.) qabul qilingan.
➡️Bir yilda xalqaro olimpiadalarda 195 medal (38 oltin); Turkiyadagi robototexnika olimpiadasida 11 medal (5 oltin).
➡️Toshkent Prezident maktabi BAAda “Zayed Sustainability Prize”da yomg‘ir suvini qayta ishlash loyihasi bilan taqdirlangan.
➡️2026-yilda O‘zbekiston 58-Xalqaro kimyo (IChO) va 38-Xalqaro informatika (IOI) olimpiadalariga mezbonlik qiladi (90+ davlat ishtirok etadi).
➡️“Mehrli maktab” tizimi 17 mingdan ortiq og‘ir kasal bolaga ta’lim va psixologik yordam bermoqda.
Raqamli dunyo haqida gapirar ekan, agentlik rahbari Muhammad al-Xorazmiy merosiga hurmat bilan to‘xtalib, sun’iy intellekt asosida yangi ta’lim ekotizimini yaratish va Xitoy bilan “Kelajak maktabi” loyihalariga tayyorligini bildirdi.
Yakuniy maqsad – inson kapitalini rivojlantirib, O‘zbekistonni mintaqaning markaziy ta’lim xabiga aylantirish.
