9 may – Xotira va qadrlash kuni qutlug‘ bo‘lsin!
2026-05-09 08:30:00 / Yangiliklar

Aziz yurtdoshlar!
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi barcha yurtdoshlarimizni 9 may – Xotira va qadrlash kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etadi.
Bugun biz Vatanimizning tinch-osoyishta hayoti uchun jasorat ko‘rsatib, fido bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish va bu yo‘lda mehnat qilgan nuroniylarimizni e’zozlash kunidir.
Fashizmga qarshi urushda mardonavor jang qilgan, og‘ir mashaqqat va musibatlarni boshdan kechirgan qahramonlarimiz, shuningdek, Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan milliy qahramonlarimiz xotirasi hamisha yodimizdadir. Ularning ruhi oldida yana bir bor ta’zim qilamiz.
Aziz nuroniy otaxon va onaxonlarimiz!
Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadoningizga qut-baraka tilaymiz. Doimo hayotimizga fayz berib, el-yurtimiz ardog‘ida bo‘lib yurishingizga tilakdoshmiz. Sizlarni e’zozlash, holingizdan xabar olish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash barchamizning burchimizdir.
Yurtimizda hamisha tinchlik hukm sursin, osmonimiz musaffo, xalqimiz abadiy bo‘lsin!
