AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILADI
2026-04-20 13:40:00 / Sayyor qabul

#diqqat_eʼlon
#sayyor_qabul
Joriy yilning 21-aprel kuni soat 11:00 da Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Namangan shahridagi Prezident maktabida sayyor qabul o‘tkazadi.
Sayyor qabulni tashkil etishdan maqsad, aholining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida tezkor hal etish choralarini koʻrishdan iborat.
Sayyor qabul Namangan viloyati, Namangan shahri, Orzu MFY, Islom Karimov ko‘chasi, 1-uyda boʻlib o'tadi.
