TOSHKENT SHAHRIDA XORIJIY TILLARGA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O‘Z FAOLIYATINI BOSHLAMOQDA!
2026-04-18 17:35:00 / Eʼlon

DIQQAT, E'LON!
TOSHKENT SHAHRIDA XORIJIY TILLARGA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB O‘Z FAOLIYATINI BOSHLAMOQDA!
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab poytaxtimizda Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab ishga tushiriladi.
Yangi maktabda iqtidorli o‘quvchilar STEM fanlari bilan birga bir necha xorijiy tillarni mukammal egallagan, jahon standartlariga mos bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lgan avlodni voyaga yetkazish rejalashtirilgan.
Maktabga saralash imtihonlari asosida: Maktabga tayyorlov guruhi - 1-sinfdan 7-sinfgacha sinflarga o‘qishga qabul qilinadi.
Boshlang‘ich sinf
- STEM fanlari (matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy fanlar, AKT va kompyuter ta’limi)
- Ingliz tili fani
- Xitoy tili fani o‘qituvchilari
Ishga kirish uchun quyidagi talablar belgilangan:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish
- Davlat tilini yaxshi bilish
- Oliy ma’lumotli bo‘lish (magistr, PhD darajasiga ega nomzodlarga afzallik beriladi)
- O'z mutaxassisligi yo'nalishida kamida 5 yillik pedagogik stajga ega bo‘lish
- Belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan bo‘lish (kamida 2-malaka toifasiga ega bo‘lish)
- Ingliz tilini bilish (boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun — B1, STEM fanlari uchun — B2, ingliz tili o'qituvchilari uchun — C1)
- Kompyuter savodxonligiga ega bo‘lish (Microsoft Office dasturlari: Word, Excel, PowerPoint va h.k.)
- Zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish
- Ishchanlik, shaxsiy va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lish.
Hujjatlar qabuli 20-maygacha davom etadi!
*Talabgorlar ma’lumotnomasida telefon raqami ko‘rsatilgan bo‘lishi shart.
Murojaat uchun:
71-207-20-17 (150), 70-180-01-50
