Pekin tillar va madaniyat universiteti nashriyoti bilan hamkorlik
2026-04-17 13:25:00 / Yangiliklar

Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Pekin tillar va madaniyat universiteti nashriyoti xalqaro aloqalar hududiy bo‘limi menedjeri Jeng Nan bilan uchrashdi.
Agentlik rahbari mehmonga Agentlik tizimi, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati, xorijiy tillarni, xususan, xitoy tilini o‘rganishga bo‘lgan talab va bu boradagi islohotlar haqida ma’lumot berdi.
Nashriyot vakili esa so‘nggi yillarda chop etilgan yangi avlod darsliklari, ularning xalqaro standartlarga muvofiqligi va xitoy tilini chet tili sifatida o‘qitish bo‘yicha ilg‘or o‘quv-uslubiy majmualarni taqdim etdi.
Uchrashuv davomida quyidagi kelishuvlarga erishildi:
⏺O‘zbekiston maktablari uchun zamonaviy xitoy tili darsliklarini sotib olish;
⏺O‘zbekiston milliy dasturiga moslashtirilgan maxsus darsliklar ishlab chiqish;
⏺Lug‘atlar, mashq daftarlari, metodik qo‘llanmalar va elektron resurslarni yetkazib berish.
Bu hamkorlik xitoy tilini o‘qitish sifatini oshirish va ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim aloqalarini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi.

