Agentlik va MIFI filiali: muhandis kadrlar tayyorlashda yangi bosqich
2026-04-06 20:05:00 / Yangiliklar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Toshkent shahridagi “MIFI” Milliy tadqiqot yadro universiteti filiali direktori Yuriy Maslov bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazdi.
Muzokaralarda “Qishki maktab” va muhandislik fizikasi olimpiadasi tajribasiga tayangan holda quyidagi istiqbolli rejalarga e’tibor qaratildi:
✅ Maqsadli kvotalar va grantlar – Universitet 2026–2027-o‘quv yili uchun 250 ta kvota ajratadi. Agentlik esa eng yaxshi bitiruvchilar uchun 50 ta grant va 50 ta shartnomaviy o‘rin ajratishni taklif qildi.
✅ Ixtisoslashtirilgan “atom sinflari” – Agentlik maktablarida muhandislik sinflari ochish, matematika va fizikani chuqurlashtirilgan holda o‘qitish bo‘yicha pilot sinflardan boshlash taklifi muhokama qilindi.
✅ Mahorat darslari va loyiha faoliyati – O‘quvchilarning ilm-fanga qiziqishini oshirish uchun MIFI professorlarini jalb etish. Bu o‘quvchilarga startap va loyihalarini ishlab chiqishda yordam beradi.
✅ “Yo‘l xaritasi” – Qo‘shma ishchi guruh tuzilib, hamkorlikning batafsil yo‘l xaritasi ishlab chiqiladi va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash masalalari muvofiqlashtiriladi.
Ushbu qadamlar yuqori texnologiyalar sohasida mutaxassislar tayyorlashni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi. Bu tashabbuslar O‘zbekistonning ilmiy-texnik salohiyatini mustahkamlash va xalqaro standartlarga mos kadrlar tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamlardir.




