Agentlik va Jahon tillari universiteti - hamkorlikning yangi bosqichi
2026-03-27 18:55:00 / Yangiliklar

Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhom To‘xtasinov va universitet jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda ikki muassasa o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning muhim yo‘nalishlari belgilab olindi:
Ilmiy va kadrlar salohiyatini birlashtirish — Agentlik va Universitet o‘rtasida ilmiy aloqalar o‘rnatish, bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish;
Amaliyot va darsdan tashqari faoliyat — bitiruvchi kurs talabalarining mutaxassisligiga mos ravishda pedagogik va darsdan tashqari amaliyotlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuv;
Uchrashuv yakunida ikki tomon o‘zaro anglashuv va hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi. Bu qadam ta’lim muassasalari o‘rtasidagi integratsiyani mustahkamlash, o‘qituvchi professorlar va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.





