Agentlik Makkuori Universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda
2026-03-25 13:45:00 / Yangiliklar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Avstraliyaning Makkuori universiteti (Macquarie University QS#138) Janubi-Sharqiy Osiyo va Yevrosiyo bo‘yicha direktori Mett Monxaus bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda davomida:
O‘quvchilar uchun - talabalar almashinuvi, yozgi oromgohlar va Avstraliyaga tanishuv sayohatlari, yiliga 15 000 Avstraliya dollarini qoplaydigan “Partners Fellowship” stipendiyasi;
Pedagoglar uchun - STEM fanlari o‘qituvchilari, direktorlar va maktab maslahatchilari uchun malaka oshirish dasturlari, Toshkent viloyatidagi tog‘ oromgohlarida intensiv treninglar tashkil etish;
Tajriba almashish - Jahon reytingida 138-o‘rinda turadigan Makkuori universiteti uzoq muddatli hamkorlikka qiziqish bildirdi. Universitet professorlarining sentyabr oyida O‘zbekistonga tashrifi hamda universitet pedagogika fakulteti talabalarining Agentlik maktablarida amaliyot o‘tashi muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida Anglashuv memorandumini (MOU) imzolashga tayyorgarlik ko‘rish va ilg‘or xalqaro tajribani O‘zbekiston maktablariga joriy etish yo‘llari muhokama qilindi.
Bu hamkorlik O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib, o‘quvchilar hamda pedagoglarga global bilim va resurslardan foydalanish imkonini beradi.





