MAKTABIMIZ O'QUVCHILARI UWC DASTURI G'OLIBLARI BO'LISHDI!
2026-03-18 09:10:00 / Yangiliklar

#davomiy_xushxabarlar
🔥 MAKTABIMIZ O'QUVCHILARI UWC DASTURI G'OLIBLARI BO'LISHDI!
✅ Faxr bilan ma'lum qilamizki, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabimizning 4 nafar iqtidorli o'quvchisi nufuzli xalqaro ta'lim tarmog'i — United World Colleges (UWC) dasturiga 2026–2028 o'quv yillari uchun qabul qilindi.
G'oliblarimiz va ular tahsil oladigan kollejlar:
⏺ Toshov Jahongirmirzo — UWC Changshu, Xitoy 🇨🇳
⏺ Toshov Javohirmirzo — UWC Changshu, Xitoy 🇨🇳
⏺ Xujayev Sunnatillo — UWC Dilijan, Armaniston 🇦🇲
⏺ Egamova Laziza — UWC Waterford Kamhlaba, Esvatini 🇸🇿
Ta'kidlash joizki, butun mamlakat bo'ylab 1000 dan ziyod eng iqtidorli o'quvchilar — har biri alohida iste'dod, har biri alohida salohiyat egasi — bitta maqsad yo'lida kurashdi.
Ular 5 bosqichli tizimli saralashdan o'tib, o'z bilimini, dunyoqarashini, yetakchilik qobiliyatini isbotlashi kerak edi. Shunday sharoitda faqat eng kuchlilar, eng tirishqoqlar va eng iqtidorlilargina g'olib bo'ladi. Mana shu g'oliblar safida maktabimizning 4 nafar iqtidor sohibi bor! Bu haqiqiy yutuq va butun jamoamizning faxri!
🗣 UWC - United World Colleges — 1962-yilda buyuk pedagog va jamoat arbobi Kurt Hahn tomonidan asos solingan xalqaro ta'lim tarmog'idir. Ushbu dasturning asosiy maqsadi - turli davlat va madaniyat vakillarini birlashtirib, tinch va barqaror dunyo qurishga hissa qo'shadigan yosh yetakchilarni tarbiyalashdir.
Bugungi kunda UWC tarmog'i dunyoning 18 ta mamlakatida joylashgan kollejlarni o'z ichiga oladi. Bu yerda 150 dan ortiq davlatdan kelgan talabalar tahsil oladi.
Ta'lim jarayoni xalqaro miqyosda tan olingan International Baccalaureate Diploma Programme (IB Diploma) dasturi asosida olib boriladi. UWC bitiruvchilari dunyoning yetakchi universitetlarida o'qishni davom ettirib, ilm-fan, biznes, diplomatiya va ijtimoiy sohalarda muhim yutuqlarga erishib kelmoqda.
⏺ KELAJAKKA QADAM
O'quvchilarimiz 2026–2028 yillar davomida ushbu nufuzli kollejlarda tahsil olib, bebaho xalqaro ta'lim tajribasini orttiradilar. Bu ularning kelajakda o'z yurtimiz ravnaqi uchun xizmat qilish yo'lidagi muhim qadamdir.
Agentlik va Maktabimiz jamoasi nomidan Jahongirmirzo, Javohirmirzo, Sunnatillo va Lazizani ushbu ulkan yutuq bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Avvalroq, Maktabimizning faxrli o'quvchilari Zohidjonov Elbek va Sunnatov Asilbek dunyo tan olgan Massachusetts Institute of Technology (MIT) institutiga 100% lik grant asosida o'qishga qabul qilingan edilar.
Bunday global miqyosdagi oliygohlarga yo'llanmar olish yillab qilingan tinimsiz mehnat, ota-onalarining ishonchi va maktabimiz ustozlarining fidoyiligi samarasidir.
