Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 2026/2027-oʻquv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi
2026-01-22 18:40:00 / Yangiliklar
HURMATLI OTA-ONALAR
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 2026/2027-oʻquv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi.
Quyidagi havolalar orqali maktablar kvotalari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
Ijod maktablari kvotasi;
Ixtisoslashtirilgan maktablar kvotasi.
Eslatma:
Har o‘quv yili yakuniga qadar Agentlik tizimida yangi tashkil etiladigan maktablar hamda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarning bo‘sh o‘rinlari bo‘yicha qabul kvotalari Agentlik tomonidan alohida tasdiqlanadi;
Zarurat bo‘lganda qabul kvotalariga Agentlik tomonidan o‘zgartirish kiritiladi.
Hujjatlar qabuli joriy yilning may-iyun oylarida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
