“Raqamli avlod qizlari” Respublika tanlovining ikkinchi — hududiy bosqichi
2026-01-06 14:30:00 / Yangiliklar

Ayni damda “Raqamli avlod qizlari” Respublika tanlovining ikkinchi — hududiy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda tuman (shahar) bosqichida eng yaxshi natija qayd etgan qizlar o‘z loyihalari bilan ishtirok etishmoqda.
Tanlov 4 ta yo‘nalishda tashkil etilgan — sun’iy intellekt, ta’lim, iqlim o‘zgarishi va yashil iqtisodiyot.
Bugungi tanlov jarayonlari davomida ishtirokchilar tomonidan “Aqlli soyabon”, “Ishonch uylari”, “COBY — Sun’iy intellekt asosidagi chiqindilarni qayta ishlash loyihasi”, “School events” mobil ilovasi kabi loyihalar taqdimot qilindi.
Taqdimotlar hakamlar hay’ati tomonidan baholab borilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: mazkur bosqichda 1 yarim ming nafardan ortiq qizlar kuch sinashmoqda.
Tanlov butun Respublikamiz bo‘ylab hududlar kesimida 2 kun davom etadi.
Yakuniy bosqichda g’olib bo‘lgan ishtirokchilar xorijga ta’lim sayohatini qo’lga kiritishadi.
___
Fotolavhalarda Toshkent shahridagi jarayonlar aks etgan.









