Yil sarhisobi: tizimli ta’lim natijasi
2025-12-30 17:30:00 / Yangiliklar

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tizimida tahsil olgan bitiruvchilarimiz dunyoning TOP–500 taligiga kiruvchi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan rasmiy taklif xatlari va grantlarni qo‘lga kiritib, navbatdagi yuksak natijani qayd etdilar.
Bu yutuqlar — o‘quvchilarning izchil mehnati, ustozlarning fidoyiligi hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli islohotlar samarasi ekanining yaqqol tasdig‘idir.
Bitiruvchilarimizni ushbu muhim muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz, ularga kelgusidagi ta’lim va hayot yo‘lida yanada katta zafarlar tilaymiz!
Ixtisoslashtirilgan ta’lim — global muvaffaqiyatlar sari ishonchli qadam.


