Toshkent shahar havosini nazoratga olish boʻyicha kechiktirib boʻlmas choralar tasdiqlandi
2025-11-25 17:20:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra:
➖ poytaxtimizning 4 ta yoʻnalishida (sharq, gʻarb, shimol va janub qismlarida) kamida 3 tadan sunʼiy koʻl va suv havzalari tashkil etiladi;
➖ Toshkent shahri hududidagi favvoralar sonini kamida 2 baravarga koʻpaytirish boʻyicha alohida dastur tayyorlanadi;
➖ 2026-yil bahor hamda kuz mavsumlarida Toshkent shahrining 33 km uzunligidagi kichik halqa yoʻli boʻylab “Yashil koridor” loyihasi amalga oshiriladi;
➖ Toshkent shahrining barcha tumanlarida “yashillik” darajasi past boʻlgan 3 tadan uzunligi 5 kmdan kam boʻlmagan koʻchalarni tanlab olish orqali “Soyali sayr koʻchasi" tashkil qilinadi.
