Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati ishtirokida Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida sayyor qabul oʻtkazildi
2025-11-25 15:05:00 / Yangiliklar

Murojaatlar mazmuni o‘quvchilarning o‘qishini boshqa ta’lim muassasalariga ko‘chirish, dars jarayonlarini yanada samarali tashkil etish kabi masalalarni qamrab oldi.
Sayyor qabul davomida murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Yechimi vaqt talab qiladigan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ularni nazoratga olish belgilandi.
Shungingdek, ota-onalar bilan birgalikda hududdagi maktab direktorlari va Al-Xorazmiy universiteti rahbariyati bilan ham yig‘ilish o‘tkazildi.
Muassasalarda ta’lim-tarbiya jarayonlari, o‘qituvchilarning darsga tayyorgarligi, sifatli ovqatlantirish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
Shu bilan birga, Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati o‘rganildi. O‘rganishdan maqsad — ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada takomillashtirish, o‘qitish va tarbiya sifatini oshirishdan iborat.









