Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan Prezident maktablari safi kengaymoqda!
2025-11-21 17:30:00 / Yangiliklar
Endi esa bu ro‘yxatga Jizzax shahridagi Prezident maktabi ham qo‘shildi!

Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan Prezident maktablari safi kengaymoqda!
Avvalroq, Toshkent, Nukus, Xiva, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Nurafshon va Buxoro shaharlaridagi Prezident maktablari Xalqaro maktablar kengashi (CIS) a’zoligiga qabul qilingan edi. Endi esa bu ro‘yxatga Jizzax shahridagi Prezident maktabi ham qo‘shildi!
Bu a’zolik nafaqat ta’lim muassasasining xalqaro miqyosda tan olinganidan darak beradi, balki o‘quvchilarimizga chet eldagi TOP universitetlarda to‘liq grant yutish imkoniyatini yanada kengaytiradi.
